Rossiyaning Sverdlovskaya viloyati Tugulim qishlog‘ida futbol darvozasi maktab o‘quvchisi ustiga qulab tushishi natijasida, u kalla suyagi va bosh miyasidan shikast oldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Rossiya Tergov qo‘mitasining mintaqaviy tergov boshqarmasiga tayanib. Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Hodisa 28-aprel kuni sodir bo‘ldi. 2005-yilda tug‘ilgan bola mahalliy futbol maydonida futbol darvozasi to‘riga o‘ralib qolgan, natijada darvoza uning ustiga qulagan. Bola kasalxonaga yetkazilgan, ayni paytda unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Jinoyat ishi Tugulim shahar okrugi munitsipal muxtor muassasasi direktoriga nisbatan qo‘zg‘atilgan. U “ehtiyotsizlik tufayli sog‘liqqa og‘ir zarar yetishini keltirib chiqargan sovuqqonlik” moddasi bo‘yicha ayblanmoqda.
Gumonlanuvchi so‘roq qilinganida u o‘z vaqtida qo‘l ostidagi ishchisiga darvozani mahkamlashni buyurgani, ammo kimdir uni yana yechib olganini aytdi. Ushbu vaj puxtalik bilan tekshiriladi.