Amerikaning Ogayo shtati gubernatori Jon Keysik Respublikachilar partiyasi praymerizidagi ishtirokini to‘xtatishi haqida e’lon qilmoqchi. Bu haqda NBC telekanali ushbu siyosatchining saylovoldi shtabidagi manbasiga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Vedomosti”.
Keysik 4-may, chorshanba kuni kechqurunga belgilangan saylovoldi tadbirida qatnashishdan bosh tortgan. Buning o‘rniga, u Ogayoda nutq so‘zlashi va prezidentlik kampaniyasini to‘xtatishini e’lon qilishi kutilmoqda.