Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi yarim himoyachisi Maruan Fellayni va “Lester” himoyachisi Robert Xut ichki chempionatning 36-turi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda namoyon etgan tajovuzkorona xatti-harakatlari tufayli uchta o‘yindan chetlashtirildi. Bu haqda, Angliya futbol uyushmasi rasmiy saytiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
1-may, yakshanba kuni ikki jamoa o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Uchrashuv chog‘ida Xut Fellaynining sochidan tortdi, Fellayni esa, o‘z navbatida, raqibini tirsagi bilan urdi. Bu xatti-harakatlari uchun ikkalasi ham diskvalifikatsiya qilindi.
Ikki futbolchi ham jazoni qabul qildi, ammo Xut uchta o‘yindan chetlashtirilish qarorini juda qattiqqo‘l deya baholadi.