Malining markaziy qismida ro‘y bergan elatlararo to‘qnashuvlarda 10 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa yuz bergan Mopti provinsiyasi ma’muriyatining aniqlik kiritishicha, qurbonlarning barchasi tinch aholi vakillaridir. Mamlakatdagi ikki yirik etnik guruh — pel va bambara o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda o‘qotar quroldan foydalanilgan. To‘qnashuvga bambara vakillari pelning ayrim a’zolarini o‘tgan yil oxiridan beri Mali markaziy qismida teraktlar uyushtirib kelayotgan “Masinni ozod etish fronti” guruhiga moyillik bildirishda gumon qilgani sabab bo‘lgan.
Yaqin orada mojaro hududiga keskinlikni pasaytirish va muammolarni bartaraf etish uchun rasmiy delegatsiya kelishi kutilmoqda.