Keniya poytaxti Nayrobida qulagan olti qavatli uy vayronalari ostida olti kun qolib ketgan ayol topib olindi. “TASS”ning AP’ga asoslanib xabar berishicha, ayni paytda qutqaruvchilar uni vayronalar ostidan chiqarib olishga urinmoqda.
Bir necha kun muqaddam o‘sha bino vayronalari ostida qariyb to‘rt kun yotgan go‘dak topib olingan edi. U jarohat olmagan, lekin suvsizlikdan aziyat chekkani bois shifoxonaga yotqizilgan edi.
Hozirga qadar 33 kishining jasadi topildi, 80 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.