Janubiy Koreyada fuqarolar va AQSh harbiy xizmatchilari yonayotgan binoning to‘rtinchi qavatidan sakragan ayol va uning uch farzandini ko‘rpa bilan tutib qoldi, deya xabar bermoqda “RBK” Pxyontxek shahridagi yong‘in bo‘linmasi qutqaruvchilaridan biriga tayanib.
Ko‘rpani o‘nga yaqin kishi tutib turgan. Ular ayolni dastlab bir yoshdan to‘rt yoshgacha bo‘lgan farzandlarini tashlab yuborib, so‘ng o‘zi sakrashiga ko‘ndirgan, chunki o‘t o‘chiruvchilar bu vaqtda hodisa joyiga yetib kelishga ulgurmagan edi. Bolalar jabr ko‘rmadi, ularning onasi — 30 yoshli nigeriyalik ayol arzimas shikastlanishlar oldi.
Bino gavjum bozor va AQSh harbiy bazasi yaqinidagi tor ko‘chada joylashgan, bu o‘t o‘chiruvchilar kirib borishiga xalal bergan. Shunga qaramay, qutqaruvchilar oxir-oqibat voqea joyiga yetib keldi va yonayotgan binodan yana bir ayolni chiqarib oldi.