AQSh rasmiylari fuqarolik aviatsiyasi samolyotining oq boshli suvburguti bilan to‘qnashuvi oqibatida mamlakat tarixida ilk bor odamlar halok bo‘lganini qayd etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Cessna 172 samolyoti 20-aprel kuni Alyaskaning Ankorij shahridan shimolda qulagan, uning bortidagi 4 kishi halok bo‘lgandi. Ekspertlar aviahalokat joyida qush patlarini topdi va voqea sababini aniqladi. Ushbu ish bilan shug‘ullangan tergovchining bildirishicha, samolyotning oq boshli suvburguti bilan to‘qnashuvi tufayli odamlarning nobud bo‘lishi mamlakatda birinchi marotaba qayd etilmoqda.
Ma’lumot uchun, oq boshli suvburguti AQSh milliy ramzlaridan biri hisoblanadi.