Dunyodagi eng yiriklaridan biri bo‘lgan 1190 karatli olmos Londonda 29-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan kimoshdi savdosiga qo‘yiladi, deb yozadi “TASS”.
Auksion uyi tennis koptogi kattaligidagi ishlov berilmagan Lesedi la Rona (“Bizning yog‘dumiz”) toshi 70 million dollarga sotilishini kutmoqda.
Sotheby’s savdo uyi mutaxassisi so‘zlariga ko‘ra, olmos kattalik va sifat jihatidan a’lo darajada. “Shu paytgacha ochiq savdoga qo‘yilgan olmoslarning barchasi Lesedi la Rona’ga yetishiga ancha bor”, — deya ta’kidladi u.
Olmos Lucapa Diamond Company kompaniyasi tomonidan Botsvanada 2015-yil noyabrida topilgan edi. Uning yoshi 3 milliard yildan oshadi.