“Bavariya” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Atletiko”ga qarshi (2:1) Yevropa Chempionlar Ligasi 1/2 final javob o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Chempionat”.
“Yomon o‘yin bo‘lsa, uyga borib, yaxshiroq o‘yin namoyish qilsa bo‘lar edi, deb o‘ylaysan va bundan afsuslanasan. Bugun mening ichimdan bunday hissiyot o‘tmadi. Bugun 80 daqiqa ajoyib o‘yin o‘tkazdik. Aynan shuning uchun ham ishlayman va o‘zgarishni istamayman. Hamma har yili g‘alaba qozonishimni kutadi. Men imkon qadar barcha ishni qildim, ‘Bavariya’dagi ilk daqiqadan so‘nggisigacha o‘zimni qurbon qildim. Odamlar esa istaganini gapiraversin”, – dedi ispaniyalik mutaxassis.
“‘Bavariya’da o‘tkazgan 3 yilimga afsuslanmayman. O‘yinchilarning futbolga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishga harakat qilganimdan xursandman. ‘Bavariya’ ushbu tarkib va mentalitet bilan buyuk kelajakka ega”, – deya fikriga yakun yasadi Gvardiola.
Dastlabki o‘yinda “Bavariya” Madridda 0:1 hisobida “Atletiko”ga imkoniyatni boy berdi. Javob o‘yinida 2:1 hisobidagi g‘alabaga qaramay, safarda o‘tkazib yuborilgan gol tufayli myunxenliklar YeChL turniridan chiqib ketdi.