Nigeriya hukumati Shell kompaniyasidan 2011-yilda katta miqdorda neftni to‘kib yuborgani uchun 6 milliard yevro miqdorida tovon undirmoqchi. Bu haqda, Niderlandiyaning Financieele Dagblad nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Shell’ning Nigeriyada faoliyat yuritadigan bir nechta shu’ba korxonasi ustidan sudga shikoyat arizasi topshirildi.
Hukumatning fikricha, 2011-yilda Bonga dengiz manbaida neftning to‘kilishi jiddiy ekologik va iqtisodiy oqibatlarga olib kelgan. Mahalliy aholi vakillariga yetkazilgan zararni qoplashga da’vo summasining 3,9 milliard yevrolik qismi sarflanadi. 2,2 milliard yevro ifloslangan zonani tozalashga, 218 ming yevro esa sud xarajatlariga so‘ralmoqda.
Izoh (0)