Yaponiyaning Yamaguti prefekturasida yetti avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jarohat oldi. “TASS”ning Kyodo agentligiga asoslanib bildirishicha, jabrlanganlar orasida ikki bola ham bor.
Yana bir yo‘lovchining “yuragi va o‘pkasi ishdan chiqqan”i ma’lum qilinmoqda. Yaponiya qutqaruvchilari klinik o‘lim holatini shunday deb ataydi, negaki uni faqat shifokorlar konstatatsiya qilish huquqiga ega.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, Sanyo tezkor shossesining bir uchastkasida yuz bergan avariya oqibatida harakat to‘xtatib qo‘yilgan. Harakat tiklanishi bilan YTH sodir bo‘lgan.
O‘sha hududda kuni bo‘yi yomg‘ir quygani aytilmoqda.
Izoh (0)