Futbol bo‘yicha Rossiya Kubogining 2015/16-yilgi mavsumida Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi zafar quchdi.
Hal qiluvchi bellashuvda “Zenit” futbolchilari Moskvaning “SSKA” klubini yirik — 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur bellashuvdan keyin Rossiya milliy terma jamoasi posboni Igor Akinfeyev Rossiya Kubogi finali bellashuvlari tarixida o‘z darvozasidan 4 ta gol o‘tkazib yuborgan birinchi darvozabonga aylandi. Hozirga qadar Rossiya Kubogida to‘p surgan darvozabonlarning birortasi finalda uchtadan ko‘p gol o‘tkazmagandi.
Qayd etish kerak, “SSKA” “Qozon arena”da o‘tadigan final chiptasini qo‘lga kiritish uchun yarim finalda o‘zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedov harakat qiladigan “Krasnodar” klubini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, Rossiya Kubogi finalida o‘ynayotgan ma’lum bir jamoa 8 yildan buyon kelasi yilgi finalda to‘p surmaydi. Ushbu turnirda eng ko‘p zafar quchgan klub “SSKA” hisoblanadi. Moskva “armiyachilari” 7 bor Rossiya Kubogini qo‘lga kiritgan. Bu ko‘rsatkich “Lokomotiv”da 6, “Spartak” va “Zenit”da 3 tani tashkil qiladi.
Rossiya Kubogi Final 2-may, dushanba
Izoh (0)