AQShning Vashington shtatidagi Sietl shahrida birinchi may sharafiga uyushtirilgan an’anaviy marsh chog‘ida politsiya bilan to‘qnashuvlar yuzaga keldi. Huquq-tartibot xodimlarining besh nafari jarohat oldi, tartibsizliklar uyushtirgan to‘qqiz kishi hibsga olindi, deb xabar beradi “TASS”.
Shahar politsiya boshqarmasining ma’lum qilishicha, marsh tugaganidan so‘ng tartibsizliklar yuzaga keldi. Eng keskin to‘qnashuvlar Costco mayda ulgurji savdo do‘koni yaqinidagi avtopark yaqinida yuz berdi.
Qo‘lga olinganlarning yoshi 20 dan 32 gacha ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)