AQShga erkin birikkan hudud maqomiga ega Puerto-Riko 2-mayda to‘lash rejalashtirilgan 370 million dollar miqdoridagi qarzdorlikni to‘lay olmaydi. Bu haqda 1-may, yakshanba kuni orol gubernatori Alexandro Garsiya Padilya ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Gap Puerto-Riko taraqqiyot bankining 422 million dollar miqdoridagi qarzi haqida bormoqda. Ushbu summadan 22 million dollari bu foizlar bo‘lib, orol hukumati uni to‘lashni rejalashtirmoqda. Yana 30 million dollarni restrukturizatsiya qilish haqida kelishuvga kelingan, biroq qolgan 370 million dollarni undirishning iloji yo‘qligi ma’lum qilingan.
Associated Press agentligining ta’kidlashicha, bundan keyin Puerto-Rikoga qarshi sudga da’vo kiritilishi ehtimoli bor.
Izoh (0)