Amerikaning Jupiter shahrida (Florida shtati) jiddiy avtohalokat sodir bo‘ldi. Shtat politsiyasi rasmiy vakillarining 1-may, yakshanba kuni ma’lum qilishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida 6 kishi, jumladan, to‘rt nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar beadi.
Shahar shosselaridan birida miniven va yo‘ltanlamas to‘qnashib ketdi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, miniven haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan. Avtomobilda bo‘lgan sakkiz kishidan ikki nafari tirik qolgan bo‘lib, ularning ahvoli og‘ir ekanligi ma’lum qilinmoqda.
Yo‘ltanlamasning haydovchisiga yengilroq shikast yetgan, uning hayoti xavf ostida emas.
Izoh (0)