2016-yilga kelib o‘zining birinchi professional shartnomasini Germaniyaning “Gannover” klubi bilan imzolagan 19 yoshli Niklas Fayerabend avtohalokat natijasida olamdan o‘tdi”, deb xabar berdi “Sovsport”. Nashr bunda “Gannover” klubi rasmiy saytiga asoslangan.
1-may kuni tongda Niklas Fayerabend o‘z avtomobilida katta tezlikda harakatlana turib, keyinchalik daraxtga borib urilgan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, u og‘ir jarohatlanish natijasida olamdan ko‘z yumgan.
28-aprel kuni 19 yoshni qarshi olgan germaniyalik futbolchi “Gannover” safida ikkitagina uchrashuvda harakat qilgandi. Qayd etish kerak, “Gannover” mavsum yakuniga ko‘ra Bundesligani tark etadi.