“Barselona” jamoasi “Betis”ga qarshi Ispaniya chempionati 36-turida erishilgan g‘alabani (2:0) “Kamp Nou”ning vafot etgan suxandoni Manel Vichga bag‘ishladi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“‘Betis’ ustidan erishilgan g‘alabani vafot etgan Manel Vichga bag‘ishlaymiz. Uning oilasiga hamdardlik bildiraman”, — dedi kataloniyaliklar himoyachisi Pike.
Manel Vich 1958-yildan “Kamp Nou” stadionida ishlab kelayotgandi. U o‘zini yomon his qilgani uchun “Barselona”ning “Sporting” Xixonga qarshi (6:0) Ispaniya chempionati 35-turini o‘tkazib yuborgandi.
“Barselona” rasmiy saytining ma’lum qilishicha, Manel Vich 29-aprel, juma kuni 78 yoshida vafot etdi.