Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining yarim finalida “Vilyarreal”dan mag‘lubiyat qabul qilib olgan “Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb yozdi “Chempionat”.
“Albatta, so‘nggi daqiqada o‘tkazib yuborilgan goldan mamnun emasman. Biz himoyada yomon o‘yin ko‘rsatganimiz yo‘q. Shunchaki raqib bizning birgina xatoimizdan unumli foydalandi. Bu shunchaki birinchi o‘yin, xolos”, — deb aytib o‘tdi Yurgen Klopp.
“‘Vilyarreal’ ‘Enfild’ga 1 ta gol ustunligi bilan tashrif buyuradi. Biroq biz o‘z uyimizda qanchalar kuchli ekanimizni yaxshi bilasiz. 90 daqiqa ortda qoldi, oldinda esa yana 95 daqiqa bor. Bu safar butunlay boshqacha o‘yin bo‘ladi”.
“Liverpul” va “Vilyarreal” klublari o‘rtasidagi javob bellashuvi 5-may sanasiga tayin qilingan.
Izoh (0)