Joriy yilning 30-apreldan 7-may kuniga qadar Portugaliyaning Funshal shahrida paralimpiyachilar o‘rtasida suzish bo‘yicha Yevropa Ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Milly paralimpiya assotsiatsiyasi matbuot xizmati “Daryo” nashriga xabar berdi.
Mazkur musobaqada 50 davlatdan 450 nafar sportchi ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Chempionatda o‘zbekistonlik paralimpiyachilardan Shohsanam Toshpo‘latova, Muslima Odilova va Kirill Pankov 50, 100, 200 hamda 400 metr masofalarga erkin, brass, chalqancha va batterflyay turlarida kuch sinashadi.
Izoh (0)