Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos Chempionlar Ligasida hafta o‘yinchisi deb tan olindi. Bu haqda, UEFA matbuot xizmatiga tayanib, “Chempionat” xabar bermoqda.
“Real” futbolchisi muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada 51 foiz ovoz to‘pladi va “Atletiko” yarim himoyachisi Sauldan 2 foiz farq bilan o‘zib keta oldi.
Chempionlar Ligasining birinchi yarim final uchrashuvida “Real” safarda “Manchester Siti” bilan 0:0 hisobida durang qayd qildi. “Atletiko”, o‘z navbatida, Saulning goli tufayli “Bavariya” ustidan uyida 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Izoh (0)