Norvegiya sohillarida halokatga uchragan vertolyot bortida bo‘lgan bir necha kishining tanasi topildi. Bu haqda, Reuters agentligiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Mahalliy politsiyaning ma’lum qilishicha, vertolyotda kamida 14 kishi bo‘lgan.
Avariya Norvegiyaning kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi shahri — Bergendan g‘arbda, Turoy oroliga yaqin yerda yuz berganligi ta’kidlanmoqda. Vertolyot dengizdagi neft minoralaridan biriga uchayotgan edi.
Politsiya vakili Morten Kronen vertolyot portlagani va quyuq tutun bilan qoplangani, dengizda odamlar borligi haqida ma’lumotlar yetib kelayotganini bildirdi.
Izoh (0)