Rossiyaning MiG-31 samolyoti AQShning Boeing P-8 Poseidon patrul samolyotini Kamchatka yarim oroliga yaqin joyda to‘xtatib qoldi. Bu haqda, The Washington Free Beacon nashriga asoslanib, “RBK” yozmoqda.
AQSh qurolli kuchlari Tinch okeani qo‘mondonligi vakili Deyv Benxemning so‘zlariga qaraganda, voqea 21-aprel kuni Petropavlovsk-Kamchatskiyga yaqin yerda sodir bo‘lgan edi. Rossiya samolyoti AQSh havo kemasidan bor-yo‘g‘i 15 metr uzoqlikda uchib o‘tgan.
“AQSh harbiy-havo kuchlari samolyoti xalqaro havo muhitidagi odatiy missiyani bajarayotgan edi”, — ta’kidladi Benxem.
U MiG-31 ning xatti-harakatlarini “xavfsiz” va “professional” deb baholadi.
Ilgariroq 14-aprel kuni AQSh razvedkachi samolyoti Boltiq dengizi ustida xalqaro havo hududidan uchib o‘tish vaqtida Rossiya qiruvchisi tomonidan to‘xtatib qolingani xabar qilingan edi.