Meksikaning “Sinaloa” narkokarteli yetakchisi, qochganidan keyin yanvar oyida qayta qo‘lga olingan Xoakin Gusmanning sheriklaridan biri AQSh hududida yirik kokain partiyalari savdosidan topilgan pullarni legallashtirishda aybdorligini tan oldi. 28 yoshli Edgar Manuel Valensia Ortega AQShning Chikago shahri (Illinoys shtati) sudida bo‘lib o‘tgan eshituvlar chog‘ida o‘z aybiga iqror bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, “Tulki” laqabi bilan mashhur Ortega “Sinaloa” strukturasida o‘ziga yarasha mavqega ega edi. U 1,5 million dollarlik kokainni Chikago va Los-Anjelesda sotishda ishtirok etgan, pullarni legallashtirib, so‘ng AQSh-Meksika chegarasidan noqonuniy olib chiqqan.
Ortega 2014-yilda Las-Vegasda qo‘lga olingan edi. U 20 yilga qamalishi mumkin: hukm avgust oyida o‘qiladi.
Izoh (0)