Farg’ona viloyati IIB xodimlari tomonidan Buvayda tumanidagi savdo shoxobchalaridan biridan yonilg’i-moylash mahsulotlarini xarid qilib, 100 dona qalbaki besh ming so’mlik kupyuradagi pullarni bergan noma’lum shaxslar aniqlanib ushlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Aytilishicha, ular Uchko’prik tumanida yashovchi 27 va 24 yoshli fuqarolar ekanligi aniqlandi.
Yuqoridagi holat bo’yicha jinoyat ishi qo’zg’atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)