O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi mamlakatda olimpiya harakatini rivojlantirish, uning mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka atroflicha yetkazish, bu boradagi targ‘ibot va tashviqot ishlarini takomillashtirish maqsadida hamda XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarining boshlanishiga 100 kun qolganligi munosabati bilan “O‘zbekistonda olimpiya harakati” mavzusida tanlov o‘tkazadi. Bu haqda qo‘mitaning rasmiy saytida e’lon qilindi.
Tanlovga 2016-yil 18-yanvardan 2016-yil 1-iyungacha gazeta va jurnallarda, internet nashrlarida e’lon qilingan materiallar, efirga uzatilgan teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar qabul qilinadi.
Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining maxsus mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Tanlov doirasida rag‘batlantiruvchi mukofotlar ham ko‘zda tutilgan.
Mukofotlar g‘oliblarga 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni topshiriladi.
Izoh (0)