Liviyada Misrning 16 fuqarosi kontrabandachilar bilan janjallashib qolganidan so‘ng otib tashlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Voqea 26-aprel kuni Tripolidan 160 kilometr janubi-sharqda joylashgan Bani Valid shahrida sodir bo‘ldi. Misr fuqarolari muhojirlarni Yevropaga noqonuniy o‘tkazuvchi kontrabandachilar bilan talashib qolib, ulardan uch nafarini o‘ldirib qo‘ydi. Kontrabandachilarning qarindoshlari o‘ch olish maqsadida misrliklarni o‘qqa tutdi, buning oqibatida ulardan 16 nafari halok bo‘ldi.
Bir qancha odam jarohat olgani aytilmoqda.
Misr tashqi ishlar vazirligi bo‘lib o‘tgan voqealarni tasdiqladi, shuningdek, qo‘shni mamlakatdagi elchixona jarayonni kuzatishda davom etayotganini bildirdi.
Liviyada asosan qurilish sohasida ishlaydigan o‘n minglab misrliklar istiqomat qiladi. Bundan tashqari, misrlik muhojirlar Liviya orqali Yevropaga o‘tishga urinadi.
Izoh (0)