Instagram foydalanuvchilari eng olifta quyonni aniqladi. Tokioda istiqomat qiluvchi Puy-Puy laqabli quyonchaning sahifasiga 24 mingdan ortiq odam obuna bo‘lgan. Xo‘jayinlari uni turli liboslarga burkab, fotosuratlarini internetga joylashtirib boradi. Muxlislari uni goh Sherlok Xolms qiyofasida, goh pochtachi, goh dengizchi obrazida ko‘radi.
“Gazeta.ru” Puy-Puyning sahifasidan o‘rin olgan eng qiziqarli fotosuratlar jamlanmasini taqdim etdi.
Izoh (0)