Litvadagi NATOning Boltiqbo‘yi mamlakatlari havo patruli missiyasi amalga oshiriladigan Shyaulyay aviabazasiga o‘quv mashg‘ulotlari doirasida AQShning ikkita beshinchi avlod F-22 Raptor qiruvchisi yetib keldi. Bu haqda, Litva mudofaa vazirligi bayonotiga asoslanib, “RBK” xabar berdi.
Bu tipdagi qiruvchilar Litvaga birinchi marta yuborilishi. Mamlakat mudofaa vaziri Yuozas Olekasning so‘zlariga qaraganda, bu qadam AQSh va NATOning Yevropa xavfsizligini ta’minlash ishiga sadoqatini yana bir bora ko‘rsatib berdi.
Qiruvchilar Litvaga Buyuk Britaniyadan uchib keldi — u yerda AQSh Yevropadagi ittifoqchilari bilan hamkorlikda aprel–may oylarida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Britaniyadagi bazada umumiy hisobda 12 ta F-22 Raptor joylashtirilgan.
Delfi agentligi qiruvchilar Rossiya samolyotlarining Boltiq dengizida AQSh kemalari yaqinidan uchib o‘tishi munosabati bilan vaziyat keskinlashgan bir paytda Litvaga yetib kelganiga e’tibor qaratdi.
Izoh (0)