Ruminiyadagi Deveselu bazasida raketalarga qarshi himoya tizimining joylashtirilishi Rossiya qurolli kuchlari qarshi chora bo‘lmay, Yaqin Sharqdagi tahdidga javoban amalga oshirilmoqda. Bu haqda NATO bosh kotibining o‘rinbosari Aleksandr Verbshou Buxarestda o‘tkazilgan matbuot anjumanida bayonot berdi.
“NATO o‘z a’zolarini har qanday shakldagi hujumlardan himoya qilish ishiga sadoqatlidir. Moskvaning bayonotlariga teskari o‘laroq, bizning aksilraketa tizimi tamomila mudofaa xususiyatiga egadir: u Yaqin Sharqdan keladigan ballistik raketalarga qarshi himoyaga moslashgan”, — uning so‘zlarini keltiradi “Interfaks”.
AQSh va NATOning Yevropadagi aksilraketa tizimining bir qismi bo‘lgan Deveseludagi aksilraketa majmuasini joylashtirish ishlari 2013-yilda boshlangan edi.
Izoh (0)