Futbol bo‘yicha Turkiya chempionati 30-turidan o‘rin olgan “Trabzonspor” – “Fenerbaxche” uchrashuvida ko‘ngilsiz holat yuz berdi, deb xabar qilmoqda “Sport-Ekspress”.
Uchrashuvni boshqarib borgan hakamning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lgan “Trabzonspor” muxlislari maydonga turli buyumlar uloqtirishdi. “Fenerbaxche”ning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlanayotgan o‘yinning qo‘shimcha daqiqalarida esa “Trabzonspor” muxlislaridan biri maydonga yugurib chiqib, darvoza oldida turgan yordamchi hakamni do‘pposlab ketdi.
Unbelievable! Box referee assaulted by hooligan at last minute of Trabzonspor-Fenerbahçe! https://t.co/XCFFZ2OAO0
— Tancredi Palmeri (@tancredipalmeri) April 24, 2016
Stadion xizmatchilari yordamchi hakamga tashlangan bezorini xavfsizlantirdi. Yuzaga kelgan tartibsizliklar natijasida o‘yin to‘xtatildi.
Izoh (0)