Xitoy poytaxti Pekinda mamlakatning eng yirik xalqaro avtosaloni — Auto China 2016 ochilishi bo‘lib o‘tdi. 220 ming kvadrat metr maydonda jahonning 14 mamlakati avtomobilsozlari taqdim etgan mingdan ortiq mashina joylashdi. Avtosalonga 800 ming mehmon kelishi kutilmoqda.
Ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan ko‘rgazmada 1600 stend ishlaydi. Tashrifchilar 1179 avtomobil modellariga baho berishi mumkin bo‘ladi. 112 jahon premyerasi o‘tkazilishi, 47 konsept-kar, shuningdek, 147 gibrid va yangi energiya manbalaridagi avtomobillar namoyish etilishi kutilmoqda.
“Gazeta.ru” avtosalondan tayyorlangan fotoreportajni taqdim etdi.
Cowin Auto X3
Nissan IDS konsept-kari
Faraday Future FFZERO1 konsept-kari
BMW i8
Jaguar XFL
Volvo S90 interyeri
Mercedes-Benz S500 eL
BAIC X35
Ford konsept-kari
Tesla Model S interyeri
Peugeot Fractal
Smart forfour va Smart fortwo BRABUS
Honda Avancier
Infinity QX Sport Inspiration konsept-kari
Izoh (0)