Amerikaning Ogayo shtati hukumati 22-aprel, juma kuni Payk okrugida sodir etilgan qotillik yuzasidan surishtiruv bo‘yicha so‘roq qilish uchun bir kishini hibsga oldi. Bu haqda Chillicothe Gazette gazetasiga Ogayo prokurori Mayk Devayn ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Prokurorning aniqlik kiritishicha, bu surishtiruvning boshlang‘ich bosqichi davomida politsiya so‘roq qilgan 30 ga yaqin kishidan biri bo‘lib, uni qotillikda gumondor deb atash noto‘g‘ri bo‘ladi.
Politsiya qotilning sheriklari bo‘lgan deb hisoblamoqda.
“Qurollangan va juda xavfli jinoyatchi ozodlikda yurganligi shubhasiz. Qotillar bir necha kishi bo‘lishi mumkin. Ikki yoki uch nafar. Biz hozircha aynan qancha ekanligini bilmaymiz”, — deb qo‘shimcha qildi Devayn.
Sakkiz kishining jasadi shtat janubidagi Pibls shaharchasi yaqinidagi to‘rtta turli uydan topilgan edi.
Izoh (0)