Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-ligasining 35-turida Londonning “Arsenal” klubi elitada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan “Sanderlend”ni mag‘lub eta olmadi — 0:0.
Mazkur durang natija tufayli London klubi “Manchester Siti”ni ortda qoldirib keta olmadi. 35-turdan keyin har ikki jamoa hisobida 64 tadan ochko bor. “Arsenal”ga qaraganda 8 ta ko‘proq gol urgan “Siti” 3-pog‘onadan joy olgan. “Arsenal” esa 4-o‘rinni band etgan.
Qo‘lga kiritilgan 1 ochko “Sanderlend”ni va nihoyat xavfli zonadan olib chiqdi. Klub 34 ta o‘yinda 31 ochko jamg‘arishga erishdi. Xuddi shunday ko‘rsatkichga ega bo‘lgan “Norvich” to‘plar nisbatiga ko‘ra “Sanderlend”dan pastroq o‘ringa joylashgan.
Angliya Premyer-ligasi 35-tur bellashuvlari 24-aprel, yakshanba“Sanderlend” — “Arsenal” 0:0
“Arsenal”: Petr Chex, Ektor Belyerin, Nacho Monreal, Pyer Mertezaker, Loran Koselni, Muhammad El-Nenni, Aaron Remsi, Mesut O‘zil (Jek Uilshir, 84), Aleksis Sanches, Olivye Jiru (Teo Uolkott, 71), Aleks Ayuobi (Denni Uelbek, 71).“Lester” — “Suonsi”
25-aprel, dushanba“Tottenhem” — “Vest Bromvich”
Izoh (0)