Hayotining katta qismini sportga bag‘ishlagan, xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini bir necha bor himoya qilgan sobiq sportchi, murabbiy Vagiz Abdullin 21-aprel kuni 80 yoshida olamdan o‘tdi, deb xabar berdi O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi rasmiy sayti.
1936-yilning 1-sentabr kuni dunyoga kelgan Vagiz Sobirovich sportchilik faoliyatini tugatganidan keyin faxriylar o‘rtasidagi turnirlarda o‘z ishtirokini davom ettirdi. U o‘rta va uzoq masofalarga yugirishda doim eng yaxshisi bo‘lgan. Vagiz Sobirov professional faoliyati davomida respublika miqyosidagi musobaqalarning bir qator g‘olib va sovrindorlarini yetishtirib bergandi.
Yengil atletika federatsiyasi saytining ma’lum qilishicha, marhum Vagiz Abdullin kecha, 21-aprel kuni o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan Angren shahriga dafn etilgan.
Izoh (0)