Germaniyaning eng yirik avtomobilsoz kompaniyalari Yevropada sotilgan Audi, Porsche, Mercedes-Benz, Volkswagen va Opel rusumlaridagi 630 ming mashinani chiqindi gazni tozalash tizimini ta’mirlash maqsadida qaytarib oladi. Bu haqda, Reuters agentligiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Handelsblatt nashri taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, ta’mirdan o‘tadigan mashinalarning 247 mingtasi Mercedes-Benz avtomobillari, 32 mingtasi Porsche Macan modelidagi ulovlar, 194 mingtasi Volkswagen’ning Amarok va Crafter modellari, 66 mingtasi Audi (Q5, A6, A8) va 90 mingtasi Opel (Zafira, Insignia, Cascada) mashinalaridir.
Izoh (0)