AQSh Yevropaga suyultirilgan tabiiy gazni eksport qilishni boshladi. Birinchi tanker Luiziana shtatidan Portugaliyaga yo‘l oldi. Bu haqda, The Wall Street Journal nashri ma’lumotiga tayanib, Meduza xabar berdi.
Portugaliyaning Sinish portiga “Kreol Spirit” kemasi 26-aprel kuni yetib borishi rejalashtirilmoqda.
Cheniere kompaniyasi tomonidan yetkazib berilayotgan Amerika suyultirilgan gazining Yevropadagi birinchi xaridori Portugaliyaning Galp Energia kompaniyasi bo‘ldi.
Cheniere, shuningdek, Yevropaning boshqa bir qator kompaniyalari, jumladan, Britaniyaning BG Group va Ispaniyaning Gas Natural kompaniyalari bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar imzolagan.
Tahlilchilarning fikricha, Amerikaning suyultirilgan gazni Yevropaga yetkazib berishi Rossiya “Gazprom”ining raqobat sharoitida narxlarni pasaytirishiga olib kelishi mumkin.
Izoh (0)