AQSh tashqi siyosat idorasi Rossiya hukumatini Qrim-tatar xalqi majlisini taqiqlash haqidagi qarorini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Bu haqda, Davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi bayonotiga tayanib, Meduza xabar berdi.
“Majlis uzoq vaqt davomida qrim-tatar aholisining vakillik organi bo‘lib kelgan. Shuningdek, u qrim-tatarlari madaniyatini saqlash va kamsitishlardan himoya qilishda muhim mustaqil ovozga ega bo‘lgan”, — deyiladi Davlat departamenti saytida chop etilgan Kirbining bayonotida.
Boshqarma Rossiya qonunlari AQSh Ukraina hududi deb hisoblovchi Qrimda kuchga ega emasligini eslatib o‘tdi.
“Biz Rossiya Federatsiyasini Adliya vazirligining Qrim-tatarlari majlisini ekstremistik tashkilot deb topish haqidagi qarori, shuningdek, Qrim amaldagi hukumatining ushbu demokratik institut faoliyatini to‘xtatish haqidagi qarorini bekor qilishga chaqiramiz”, — deyiladi bayonotda.
Izoh (0)