Xitoyning Hainan Airlines aviakompaniyasi yo‘lovchisi toza havodan nafas olish uchun favqulodda chiqish eshigini ochgani tufayli reysdan tushirilib, hibsga olindi. Reys taxminan bir soatga kechikdi, deb xabar beradi “Meta.kz”.
Xu familiyali buldozer haydovchisi umrida birinchi marta samolyotda uchayotgani bois qattiq hayajonlanib, havo yetishmayotganini his qilgan. Shu bois u qo‘shnisidan joy almashishni so‘ragan va derazaga yaqinroq o‘tirgan. Shundan so‘ng u deraza oldidagi favqulodda chiqish eshigi dastasini tortib yuborgan, negaki dasta derazani ochadi deb o‘ylagan.
Salonni parvozga hozirlayotgan styuardessalardan biri yengil shamolni his qilgan. U favqulodda chiqish eshigi ochiqligini, o‘nlab odamlar uning oldida to‘planganini ko‘rgan.
Xu samolyot bortidan tushirilib, bir hafta qamoq jazosi va 500 yuan jarimaga mahkum qilingan.
Izoh (0)