“Barselona” hujumchisi Luis Suares “Deportivo”ga qarshi (8:0) Ispaniya chempionati 34-turida to‘rtta gol urib, bir mavsumda kiritilgan gollar soni bo‘yicha kataloniyaliklar sobiq hujumchisi Ronaldodan o‘zib ketdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
Braziliyalik Ronaldo 1996/97-yilgi mavsumda “Barselona”ning barcha turnirlarida 47 ta gol kiritgan edi. Suares esa ushbu mavsumdagi gollari sonini 49 taga yetkazib oldi.
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha rekord Lionel Messiga tegishli bo‘lib, 2011/12-yilgi mavsumda u “Barselona”ning barcha musobaqalarida 73 ta gol kiritgan.
“Sports.ru” nashrining xabar berishicha, “Deportivo” bilan o‘yinda urugvaylik futbolchi 4 ta golga mualliflik qilishdan tashqari Ivan Rakitich, Lionel Messi va Neymarga golli uzatma berib, “gol+pas” tizimida yetti ochko ishlab oldi. Bu ko‘rsatkich bilan Suares XXI asrda Primeraning bitta o‘yinida yettita golda ishtirok etgan ilk futbolchiga aylandi.
Izoh (0)