O‘zbekistonlik Kamola Umarova Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘tkazilayotgan, mukofot jamg‘armasi 10 ming dollardan iborat Shymkent Open tennis turnirning chorak finaliga yo‘llanma oldi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Musobaqaning asosiy to‘riga imtiyozli yo‘llanma asosida qo‘yilgan Umarova avvaliga rossiyalik Polina Novikovani 6:4, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. Ikkinchi davrada esa o‘zbekistonlik tennischi turnirning 8-raketkasi, rossiyalik Darya Lodikovadan ham 6:4, 6:2 hisobida ustun keldi. Bugun, 21-aprel kuni Kamola Umarova chorak final bahsida turnirning birinchi raqamli tennischisi, qozog‘istonlik Kamila Kerimbayevaga qarshi kortga chiqadi.
Kerimbayeva birinchi davrada qozog‘istonlik Arina Taluyenkoni 6:1, 6:2, ikkinchi davrada o‘zbekistonlik Albina Xabibulinani 6:0, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Qayd etish joiz, ushbu turnirda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Laylo Bahodirova va Arina Fols birinchi davrada, Sarvinoz Saidxo‘jayeva hamja Polina Merenkova esa ikkinchi davrada mag‘lubiyatga uchrab, o‘z ishtirokini yakunladi.
Izoh (0)