20-aprel, chorshanba kuni Amerikaning Missuri shtatidagi Sent-Luisda joylashgan Vashington universiteti kampusi hududida noma’lum shaxs tomonidan o‘t ochildi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
O‘quv muassasasi saytida ma’lum qilinishicha, otishma oqibatida bir kishi yaralangan.
Kampus hududida qurolli kishining paydo bo‘lganligi haqida universitet saytida mahalliy vaqt bo‘yicha 13:36 da ma’lum qilingan. Xabarda talabalarga xavfsiz joyga yashirinish tavsiya etilgan.
14:03 da esa otishma oqibatida bir kishining jabrlanganligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgan. 14:45 da kampus hududidagilar o‘z faoliyatini davom ettirishi mumkinligi ma’lum qilingan.
Otishma sodir etgan shaxs haqida hech qanday ma’lumot keltirilmagan.
Izoh (0)