20-aprel, chorshanba kuni AQShning Ankorij shahridan (Alyaska shtati) 32 kilometr shimolda yengil samolyot halokatga uchradi. Mahalliy hukumatning ma’lum qilishicha, ikki nafar ekipaj a’zosi va yana shuncha yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Ankorij politsiyasining ma’lumotiga qaraganda, samolyot Berchvud aerodromidan ko‘tarilganidan keyin tez orada halokatga uchragan.
Samolyot o‘rmon hududiga qulagan. U yerga urilgandan so‘ng dastlab yonilg‘i baki, keyin dvigatel portlab ketganligiga qaramasdan, tevarak-atrofda yong‘in yuzaga kelishining oldi olingan.
AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi va Transport xavfsizligi boshqarmasi halokat sabablarini aniqlashtirmoqda.
Izoh (0)