Rossiyaning “YuKOS” korporatsiyasi sobiq aksiyadorlari Gaaga okrug sudining qarori ustidan apellyatsiya instansiyasiga shikoyat qiladi. “RBK” nashrining bildirishicha, sudning Rossiya tomonidan 50 milliard dollar tovon puli to‘lanishi haqidagi qarorni bekor qilishi aksiyadorlar uchun kutilmagan hol bo‘ldi.
“YuKOS”ning asosiy aksiyadori bo‘lgan Group MENATEP Limited (GML) kompaniyasi rahbari Tim Osbornning ishonishicha, “YuKOS”ni siyosiy sabablarga ko‘ra vayron qilishda aybdor deb topilgan RF hukumati jabrlanuvchilarga 50 milliard yevro miqdorida badal to‘lashi haqidagi 2014-yilgi qaror adolatli bo‘lgan.
“Biz qonun va adolat tantana qilishiga tamoman ishonamiz”, — ta’kidladi Osborn.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat ilgari Gaaga sudi “YuKOS” aksiyadorlariga 50 milliard dollar to‘lash haqidagi qarorni bekor qilgani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)