Xitoyda uch yoshli bola ko‘p qavatli uyning 15-qavatidan qulab tushib, omon qoldi. Voqea mamlakat sharqidagi Chanchjou shahrida sodir bo‘ldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
People’s Daily nashrining bildirishicha, ishchilar bolakay yashaydigan xonadon balkonida oynalarni almashtirayotgan chog‘da uning onasi bir muddatga oshxonaga kirib ketgan. Oynalari almashtirilayotgan derazadan qulagan bola asfaltdan 15 santimetr nariroqda, yomg‘ir tufayli yumshab qolgan yer ustiga tushgan. Uning bir nechta suyaklari singan, lekin hayotiga hech qanday xavf-xatar tug‘ilmagan.
“Bu chinakam mo‘jiza”, — deb izoh berdi voqeaga bolaning onasi.
Izoh (0)