Myunxenning “Bavariya” jamoasi darvozaboni Manuel Noyer klub bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda myunxenliklar rasmiy saytiga tayanib, “Chempionat” xabar bermoqda.
30 yoshli germaniyalik darvozabonning yangi kelishuvi 2021-yilga qadar mo‘ljallangan. Tajribali futbolchi 2011-yilda “Shalke 04” jamoasidan “Bavariya”ga kelib qo‘shilgandi.
Manuel Noyer “Bavariya” tarkibida uch marta Germaniya chempioni va ikki bor Germaniya Kubogi sohibi bo‘lgan. Shuningdek, darvozabon bir martadan Yevropa Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgan.
Germaniya terma jamoasi safida Noyer 2014-yilgi Jahon chempionati g‘olibi, 2010-yilgi Jahon chempionati hamda 2012-yilgi Yevropa chempionatining bronza medallari sovrindori bo‘lgan. U bir necha bor “Oltin to‘p” mukofotiga da’vogarlik qilgan.
Izoh (0)