Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining “A” guruhida 5-tur uchrashuvlari o‘z yakuniga yetdi. 20-aprel sanasidan o‘rin olgan kunning ikkinchi o‘yinida Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi Eronning “Sepahon” klubi ustidan 4:0 hisobida zafar quchdi.
“Al-Ittihod”ga qarshi bellashuvda o‘zbekistonlik futbolchi Fozil Musayev to‘liq harakat qildi va 5-tur yakuniga ko‘ra uning jamoasi musobaqani muddatidan avval tark etdi.
Mazkur bellashuvda durang natija qayd etilsa yoki fors jamoasining qo‘li baland kelsa, Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z tarixida birinchi bor musobaqaning nimchorak final bosqichiga yo‘llanma olishi mumkin edi. 5-tur yakuniga ko‘ra “temiryo‘lchilar” taqdiriga so‘nggi tur oydinlik kiritib beradigan bo‘ldi.“Lokomotiv” so‘nggi turni 4-may kuni Toshkentda BAAning “An-Nasr” klubiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bellashuvdagi durang natija har ikki klubni guruh bosqichidan olib chiqadi. Ehtimoliy mag‘lubiyat “Al-Ittihod” parallel o‘yinda ochko yo‘qotsagina “Lokomotiv” uchun 2-o‘rinni kafolatlaydi.
“A” guruhi. 5-turdan keyingi holat
№ | Jamoa | O‘ | G‘ | D | M | T/N | O |
1 | “Lokomotiv” | 5 | 2 | 3 | 0 | 6:3 | 9 |
2 | “An-Nasr” | 5 | 2 | 2 | 1 | 5:4 | 8 |
3 | “Al-Ittihod” | 5 | 1 | 3 | 1 | 7:4 | 6 |
4 | “Sepahon” | 5 | 1 | 0 | 4 | 2:9 | 3 |
Izoh (0)