18–20-aprel kunlari Estoniya poytaxti Tallin shahrida “Ta’lim natijalari va talabaga yo‘naltirilgan ta’lim” mavzusidagi seminar bo‘lib o‘tmoqda. Unda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti vakillari ishtirok etmoqda. Bu haqda “Daryo”ga seminar ishtirokchisi Usmon Sharifxodjayev xabar berdi.
Tadbirda 20 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etmoqda. Unda ta’lim tizimida o‘qitiladigan fanlarning asosiy maqsadlari va natijalarini belgilash metodologiyasi, professor o‘qituvchilarning malakasini oshirish va talabaga qaratilgan ta’limning asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh (0)