Milliy matbuot markazida O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi tomonidan oilalarni mustahkamlash, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, sog‘lom ona va bola g‘oyasini amalga oshirishda mahallaning o‘rniga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tadbirda chiqish qilgan jamoat fondi respublika boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari D. Allayev va boshqa qatnashchilar oilalarni mustahkamlash, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish, mahallalarda sog‘lom ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga doimiy e’tibor qaratish kabi masalalarda so‘z yuritdi.
Anjumanda ommaviy axborot vositalari xodimlarining savollariga javob qaytarildi.
Izoh (0)