Frirayd bo‘yicha ikki karra jahon chempioni, 21 yoshli shveysariyalik snoubordchi Estel Bale Alp tog‘larida qor ko‘chkisi ostida qolib halok bo‘ldi. Ko‘chki paytida qiz shlem, ko‘chki ryukzagi va maxsus datchik taqqan bo‘lsa-da, uni jonlantirishga urinishlar samara bermadi, deb ma’lum qildi “Gazeta.ru”.
Aprel oyining boshida Bale jahon chempioni unvoniga ketma-ket ikkinchi marta ega bo‘lgan edi.
Frirayd — maxsus trassalardan tashqarida snoubord yoki chang‘ida uchish sporti.
Izoh (0)