Ekvadordagi halokatli zilzila qurbonlari soni 413 kishiga yetdi. Bu haqda, mamlakat Xavfsizlik vazirligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

“Rasmiy manbalarning ma’lumotlariga qaraganda, hozirgi paytda gap 413 nafar qurbon haqida bormoqda”, — deyiladi boshqarma bayonotida.

Avvalroq mazkur yer silkinishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 350 kishiga yetganligi haqida ma’lum qilingan edi.

Bundan tashqari, vazirlikning ma’lum qilishicha, 230 dan ortiq odam bedarak yo‘qolganligi qayd etilgan. Hozirgi paytda vayronalarda qidiruv ishlari davom ettirilmoqda.